Ishlayapti degani xavfsiz degani emas.

Xavfsizmi?

O'zingiz qurgan AI loyihani xalqaro standartlar bo'yicha kod yozmasdan himoya qiling.

Vibe coder yoki boshlang'ich dasturchi bo'lsangiz, ilovangizdagi loopholelarni topasiz, AI yordamida ularni bartaraf qilasiz va agent bilan qayta tekshirasiz. OWASP, ASVS, PCI DSS va O'zbekiston qonuni asosida yaratilgan 15 Nazorat Standarti yordamida o'z ilovangizni qayta ko'rib chiqasiz.

Dasturni ko'rish

Ilova bir kunda tayyor. Xavfsizligi esa hali tekshirilmagan.

  • 4modul
  • 14dars
  • 1Codelab loyiha

Kurs oxirida nima qila olasiz

  • Istalgan loyihangizda 15 Nazorat Standartini yuritasiz va loopholelarni bittalab yopasiz.

  • Har nazoratni bitta oddiy jumla bilan tushuntirasiz va u qaysi standartdan kelganini bilasiz.

  • Google'da qidirmasdan, AI yordamida ilovangizdagi loopholelarni bartaraf qila olasiz.

  • Ikkita AI agentdan iborat xavfsizlik jamoasiga ega bo'lasiz: ulardan biri loophole va kamchiliklarni topadi, ikkinchisi tekshiradi va tuzatadi.

  • OWASP Top 10, ASVS, PCI DSS va O'zbekiston qonuni qayerda tegishli ekanini bilasiz.

  • Ilovangizga Telegram ogohlantirish ulaysiz: login'ga shubhali urinish bo'lsa, botingizga xabar keladi.

  • Tayyor xavfsizlik plugini (skill'lar to'plami) bilan istalgan loyihangizni skan qilasiz: u loopholelarni topadi va qanday tuzatishni tavsiya qiladi, siz esa ularni o'z agentlaringiz bilan oson tuzatasiz.

Kimga mos va kimga emas

Noldan emas: kamida bitta AI bilan qurilgan yoki boshlangan loyiha kerak.

Bu kurs siz uchun, agar

  1. Claude Code yoki Cursor bilan sayt, bot yoki web ilova qurdingiz va uni foydalanuvchilarga bermoqchisiz.

  2. Boshlang'ich dasturchisiz: SQL injection va XSS nomini eshitgansiz, lekin ular haqiqiy ilovada qanday ishlashini ko'rmagansiz.

  3. Startapingizni o'zingiz qurgansiz va ichida haqiqiy foydalanuvchi, to'lov yoki shaxsga doir ma'lumot bor.

  4. Mijoz yoki investor "ilovangiz xavfsizmi?" deb so'rasa, aniq javob bera olmaysiz.

Bu kurs siz uchun emas, agar

  1. Hali hech narsa qurmagansiz. Avval "Build with AI" kursidan boshlang, keyin bu yerga keling.

  2. Tajribali xavfsizlik muhandisi yoki pentester'siz (ilovalarni buyurtma bilan buzib ko'radigan mutaxassis). Kurs standartlarni ataylab oddiy tilda tushuntiradi.

  3. Exploit yozish va chuqur hujum texnikalarini o'rganmoqchisiz. Kurs o'z ilovangizni himoya qilishni o'rgatadi.

  4. Claude Pro yoki Max obunasiga oylik to'lashga tayyor emassiz. Kurs shu obunalar bilan ishlaydi.

To'rtta modul

Workspace set-up, Amaliyot, O'rgan, Avtomatlashtir. Har modul oldingisiga tayanadi. Premium'da har modul imtihon bilan yopiladi.

01

Workspace set-up

Kirish va sozlash
01"Ishlayapti" degani "xavfsiz" degani emas

Dars oxirida har qanday ishlayotgan ilovaga ikkinchi savolni o'zingiz berasiz: "Ishlayaptimi? Ha. Xavfsizmi?" Bitta buyruq bilan ilovaning loopholelarini ko'rasiz, bu muammo qanchalik keng tarqalganini aniq raqam bilan bilib olasiz va bir xil ko'rinadigan ikki ilova nega har xil ekanini bir jumlada tushunasiz.

02Kerakli dasturlarni o'rnatasiz va o'rganasiz

Dars oxirida Warp'da o'z papkangizni ochasiz, ichida Claude Code'ni ishga tushirasiz, Claude rejimlari va ular qanday ishlashi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz va / buyruqlari haqida ham tushunchaga ega bo'lasiz.

03Xavfsizlik agentingizni yaratasiz

Dars oxirida Claude Code ichida o'z xavfsizlik agentingizni yaratasiz (.claude/agents/ papkasida), unga vazifa, skill (agentga beriladigan tayyor yo'riqnoma) va chegara berasiz, keyin uni nomi bilan chaqirib ishlatasiz.

02

Amaliyot

Ilovalarda eng ko'p kuzatiladigan 15 ta Loophole: ilovadagi xavfsizlik teshigi. Ilova ishlayveradi, lekin begona odam undan foydalanib ma'lumotga kira oladi yoki tizimni buzadi. uchun yechim
04Nazorat Checklisti

Dars oxirida 15 ta loophole'ga yechim bo'ladigan 15 Nazorat Standarti nima ekanini bilasiz: ilovani chiqarishdan oldin tekshiriladigan 15 nazorat. Uch kategoriyani bittadan ko'rib chiqasiz. "1 dan 11 gacha o'tmasa, chiqarma" qoidasini tushuntirasiz.

051-kategoriya: Dastlab nimalarni tekshirish kerak?

Birinchi kategoriya choyxona ilovasida jonli, beshta nazorat bittadan: parol ochiq matnda saqlangan, login cheksiz urinishga ochiq, o'zingizniki bo'lmagan chek ochiladi (IDOR), cookie himoyasiz, MFA yo'q. Har nazoratdan oldin taxmin qilasiz, dars oxirida esa har birini yopadigan promptni ko'rasiz.

062-kategoriya: Ma'lumotlarni qanday saqlash kerak?

Ikkinchi kategoriya choyxona ilovasida jonli: qidiruv oynasi butun bazani ochib beradi (SQLi), izoh begona skriptga aylanadi (XSS), begona maydon so'rovda o'tib ketadi, karta raqami to'liq saqlangan. Xavfsiz saqlash nazoratlarini taniysiz, keyin shu darsning o'zida ularni yopadigan promptni ko'rasiz.

073-kategoriya: Server tomonda nimalar qilish kerak?

Uchinchi kategoriya choyxona ilovasida jonli: to'lov kaliti kod ichida (git tarixida qoladi), bitta endpoint (ilovadagi bitta so'rov manzili) xarajatingizni cheksiz oshirib yuboradi (denial of wallet), kim nima qilgani hech qayerda yozilmagan. Dars oxirida butun checklistni belgilaysiz: 15 tadan 0 tasi o'tadi, chunki ishlaydigan ilova ham hech bir nazoratdan o'tmasligi mumkin.

03

O'rgan

Bilishingiz shart bo'lgan asosiy standartlar
08OWASP tashkiloti va Top 10 xavf

Dars oxirida OWASP tashkiloti nima ekanini va nima qilishini aytasiz, OWASP Top 10 nima ekanini bir jumlada tushuntirasiz (eng jiddiy o'nta xavf, ogohlantiruvchi hujjat, sertifikat emas) va 2025-yilgi ro'yxatdagi o'ntaning har birini nomi bilan aytasiz.

09ASVS: ilovani tekshirish standarti

Dars oxirida ASVS nima ekanini aytasiz (OWASP'ning tekshiruv standarti: 17 bob, 345 talab), uch darajani oddiy so'z bilan farqlaysiz, talab raqamini o'qiy olasiz va pentester yoki mijoz ASVS L1 deganda nimani nazarda tutishini bilasiz.

10PCI DSS: karta ma'lumotini saqlash qoidasi (majburiy)

Dars oxirida PCI DSS nima ekanini aytasiz (karta tarmoqlarining standarti, shartnoma orqali majburiy, 12 talab), 3-talabning uch qoidasini bilasiz va hosted checkout (karta to'lov tizimi sahifasida kiritiladi) bilan karta API o'rtasidagi chegarani tushuntirasiz.

11O'zbekiston qonunchiligi: shaxsga doir ma'lumot qoidasi

Dars oxirida ZRU-547 nima ekanini va operator (ma'lumotni yig'uvchi va saqlovchi) sifatida uch vazifangizni aytasiz, 2026-yil 27-martdagi o'zgarishni bilasiz, jarima o'lchovini va AI qonuni kiritgan 7-1-moddani bilasiz va Yevropa qonuni GDPR qachon tegishini ayta olasiz.

04

Avtomatlashtir

Xavfsizlik paketi: ikki agent
12Skill set: xavfsizlikni ta'minlash uchun skill'lar

Pluginga kerak bo'ladigan skill'larni ko'rib chiqasiz. Har biri bitta ishni bajaradi, shuning uchun ular to'qnashmaydi.

13Xavfsizlik agentlari va plugin qurasiz

Oltita skill'ni ikki agentga mos ravishda bog'laysiz: Oq-hacker topadi va isbotlaydi, Kiber-xavfsizlik-enjineri tekshiradi va tuzatadi. Hammasini security plugin papkasiga yig'asiz va uchta buyruq yaratasiz: /planaudit, /fullaudit, /checklist.

14Telegram bot bilan ogohlantirish (alerting) xabarnomasini qilasiz

Pluginning uchinchi qismini qilasiz: alert-telegram skill bilan ilovangizga Telegram ogohlantirish ulaysiz. Har login urinishi log qilinadi, 15 daqiqada 5 marta noto'g'ri parol terilsa, chatga xabar keladi.

Darslar bilan birga

Video darsning o'zi yetmaydi. Darslar bilan birga yo'riqnoma, terminlar va promptlar keladi. Premium'da har modul imtihon bilan yopiladi.

  • 01Bir marta · 20 daqiqa

    Dastlabki talablar: Yo'riqnoma kitobi

    Kerakli dasturlarni o'rnatish bo'yicha qadam-baqadam yo'riqnoma (Warp, Claude Code). Shundan keyin birinchi darsga tayyorsiz.

  • 02Har modulPremium

    Modul imtihoni

    Modul oxirida o'tilgan darslar bo'yicha test.

  • 03Har darsPremium

    Kurs kitobi

    Darslarning chuqur hamrohi: har darsga bitta bob.

  • 04Har dars

    Terminlar

    Dars o'rgatgan so'zlar, modul va dars bo'yicha.

  • 05Har dars

    Promptlar

    Darsda ishlatiladigan tayyor promptlar. Nusxa olib, o'z loyihangizga qo'yasiz.

  • 06Kurs oxiridaPremium

    Security-Plugin

    Ikkita xavfsizlik agenti, skill set va buyruqlar. Istalgan loyihangizga o'rnatasiz.

  • 07Kurs davomida

    Codelab: Choyxona POS

    Mashq uchun namunaviy choyxona ilovasi va dars fayllari.

  • Premium belgisi borlari faqat Premium tarifida

    Tariflarni ko'rish

15 Nazorat Standarti

Ilovani foydalanuvchilarga berishdan avval 15 ta loophole: har biriga "bor" yoki "yo'q" ni belgilang. Bu ro'yxat kurs uchun o'ylab topilgan emas. U global standartlardan yig'ilgan va tartiblangan: OWASP Top 10:2025, OWASP ASVS 5.0, PCI DSS v4.0.1, O'zbekiston qonuni ZRU-547.

Kurs oxirida namunaviy ilova shunday bo'ladi: 15 tadan 15 tasi o'tdi. Nazorat nomini bosing: u nimani tekshirishi ochiladi.

Ilovani chiqarish qoidasi: 1 dan 11 gacha o'tmaguncha ilovani chiqarmaysiz. 12 dan 15 gacha ("keyinroq" belgisi) haqiqiy foydalanuvchi yoki to'lov tizimi bo'lgan kundan boshlab majburiy.

Dastlab nimalarni tekshirish kerak

5 / 5
  • 02
  • 03
  • 04
  • 08
  • 12

Ma'lumotlarni qanday saqlash kerak

5 / 5
  • 05
  • 06
  • 09
  • 10
  • 13

Server tomonda nimalar qilish kerak

5 / 5
  • 01
  • 07
  • 11
  • 14
  • 15
Namunaviy ilova15 / 15
Akbarjon Olimov

QA muhandisi va pentester · 2019-yildan

Akbarjon Olimov

Ismim Akbarjon Olimov. 2019-yildan beri QA muhandisi va pentester bo'lib ishlayman. 7 yillik tajribam davomida dasturlarni testlab, jarayonni avtomatlashtirib, veb va mobil ilovalardagi xavfsizlik teshiklarini topib kelaman.

Ishimda doim ikki savolga javob izlayman: ilova to'g'ri ishlayaptimi va uni kimdir buzib kira oladimi. Ko'pincha AI yordamida tez yozilgan loyihalarda ikkinchi savol unutiladi. Oqibatda kod ichida maxfiy kalitlar qolib ketadi, login cheklovsiz turadi yoki foydalanuvchi ma'lumotlari ochiq qoladi.

Men kiberxavfsizlik gurusi emasman. 4 modul va 14 darslik bu kursda o'zim har kuni ishlatadigan tekshiruv tartibini ko'rsataman. AI agentlar va shaxsiy cheklistim yordamida loopholelarni topishni va ularni bartaraf qilishni o'rganamiz. Bunga menda yillar ketgan, sizda esa buncha vaqt ketishi shart emas.

Ikki tarif, bitta dastur

Ikkalasida ham 14 dars to'liq ochiq. Farq: yo'lni yolg'iz bosasizmi yoki man yoningizda bo'lamanmi. Standard'da darslar 6 oy, Premium'da umrbod ochiq. So'mda to'laysiz: Payme, Click yoki Atmos.

Standard

O'z sur'atida yolg'iz boradiganlar uchun

2 997 000so'm

Bir marta to'lov · 6 oy kirish

  • Video darslar14 dars, 4 modul. 6 oy kirish.
  • Yo'riqnoma kitobiKerakli dasturlarni o'rnatish bo'yicha qadam-baqadam yo'riqnoma.
  • PromptlarHar kategoriya uchun tayyor fix prompti. Nusxa olib qo'yasiz.
  • TerminlarDars o'rgatgan so'zlar lug'ati.
  • Codelab: Choyxona POSMashq uchun namunaviy choyxona ilovasi va dars fayllari.
  • HEAD sertifikatiKurs oxirida beriladi.
  • Premium tarifida ochiladi
  • Modul imtihonlariHar modul oxirida o'tilganni tekshiradigan test.
    Premium tarifida
  • Video darslar umrbod6 oy emas, muddatsiz kirish va kelgusi yangilanishlar.
    Premium tarifida
  • Kurs kitobiHar darsga bitta bob: darslarning chuqur hamrohi.
    Premium tarifida
  • Security-PluginIkkita xavfsizlik agenti, skill set va buyruqlar. Tayyor va sinalgan.
    Premium tarifida
  • Yopiq Telegram hamjamiyatiSavollarga man o'zim javob beraman.
    Premium tarifida

Premium

tavsiya qilaman

Yo'lda mentor maslahati, Kurs kitobi va tayyor Security-Plugin kerak bo'lganlar uchun

3 457 000so'm

Bir marta to'lov · umrbod kirish

  • Video darslar14 dars, 4 modul. Umrbod kirish.
  • Yo'riqnoma kitobiKerakli dasturlarni o'rnatish bo'yicha qadam-baqadam yo'riqnoma.
  • PromptlarHar kategoriya uchun tayyor fix prompti. Nusxa olib qo'yasiz.
  • TerminlarDars o'rgatgan so'zlar lug'ati.
  • Codelab: Choyxona POSMashq uchun namunaviy choyxona ilovasi va dars fayllari.
  • HEAD sertifikatiKurs oxirida beriladi.
  • Premium qo'shimchalari
  • Modul imtihonlariHar modul oxirida o'tilganni tekshiradigan test.
  • Video darslar umrbod6 oy emas, muddatsiz kirish va kelgusi yangilanishlar.
  • Kurs kitobiHar darsga bitta bob: darslarning chuqur hamrohi.
  • Security-PluginIkkita xavfsizlik agenti, skill set va buyruqlar. Tayyor va sinalgan.
  • Yopiq Telegram hamjamiyatiSavollarga man o'zim javob beraman.

460 000 so'm farq nima beradi? Video darslarga umrbod kirish (Standard'da 6 oy), Kurs kitobi, tayyor Security-Plugin (ikkita xavfsizlik agenti, skill set va buyruqlar) va yopiq Telegram hamjamiyati, u yerda savollarga man o'zim javob beraman.

Hali o'ylayapsizmi? Savolingizni qoldiring.

Qaysi tarif mosligini bilmasangiz yoki kurs haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz, ismingiz, raqamingiz va savolingizni yozib qoldiring. Siz bilan o'zimiz bog'lanamiz.

Ko'p beriladigan savollar

01Dasturlashni bilishim shartmi?

Yo'q. Kursda xavfsizlik kodini qo'lda yozmaysiz. Siz xavfni tanib olasiz, AI'ga to'g'ri so'z bilan tuzatishni buyurasiz va natijani tekshirasiz. Kod o'qish foyda beradi, lekin shart emas.

02Hech narsa qurmaganman. Kelsam bo'ladimi?

Bu kurs kamida bitta AI bilan qurilgan yoki boshlangan loyihasi borlar uchun. Agar hali qurmagan bo'lsangiz, avval "Build with AI" kursidan boshlang: u qurishni o'rgatadi, bu esa himoya qilishni.

03Qanday instrumentlar kerak?

Windows 10, Windows 11 yoki macOS, internet, Warp terminali va Claude Code. Bitta shart oldindan: Claude Code pullik reja bilan ishlaydi, Pro yoki Max. Sozlash 20 daqiqa, yo'riqnoma kurs ichida.

04Haqiqiy ilovani buzamizmi? Bu qonuniymi?

Hamma mashq o'z kompyuteringizda, localhost'da bo'ladi. Namunaviy choyxona ilovasi ataylab zaif qilib yozilgan, ichida soxta ma'lumot bor va u hech qachon internetga chiqarilmaydi. Birov boshqasining ilovasiga tegmaydi.

05Standartlar o'zgarib turadi. Kurs eskirmaydimi?

Nazoratlarning o'zi kamdan-kam o'zgaradi: parolni qanday saqlash yoki so'rovni qanday yozish yillar davomida bir xil qoladi. Standart yoki qonun o'zgarsa, dars yangilanadi. Masalan O'zbekiston qonunining 2026-yil 27-martdagi o'zgarishi allaqachon ichida.

06Bu kurs meni pentester qiladimi?

Yo'q va shunday bo'lishi ham kerak emas. Kurs o'z loyihangizni standart bo'yicha himoya qilishni o'rgatadi. Exploit yozish va chuqur hujum texnikasi bu kursning ichida emas.

07Savol bersam kim javob beradi?

Premium tarifda savollarga man o'zim javob beraman: yopiq Telegram hamjamiyatida. Standard tarifda darslar, yo'riqnoma, terminlar va promptlar 6 oy ochiq, yo'lni o'zingiz bosasiz.

08Sertifikat beriladimi?

Kurs oxirida HEAD sertifikati beriladi. ISO 27001 sertifikati va SOC 2 hisoboti esa odamga emas, tashkilotga beriladi, shuning uchun ularni hech bir kurs va'da qila olmaydi.

09Kursga qanday to'layman?

"Kursga yozilish" tugmasini bosasiz, tarifni tanlaysiz, ism va raqamingizni yozasiz, keyin Payme, Click yoki Atmos orqali to'laysiz. Karta ma'lumotlari to'lov tizimi sahifasida kiritiladi. Bir marta to'laysiz: Standard'da 6 oy, Premium'da umrbod kirish.

10Qancha vaqt oladi?

14 dars, 4 modul. Premium'da har modul oxirida imtihon. O'z sur'atingizda borasiz: Standard'da 6 oy, Premium'da muddat yo'q. Bir modulni bir-ikki kechada yopsa bo'ladi.

2 997 000 so'mdan