Saytingizni AI yasaydi, lekin didni siz berasiz.

AI-slopʼsiz saytlar

Claude Code bilan sayt qilgansiz: ishlayapti, lekin hammaniki bilan bir xil. Kursda uni 15 bandlik S.A.Y.T. tekshiruvidan oʻtkazib, ajralib turadigan, brendingizga mos, professional darajaga olib chiqasiz.

Barcha shablon saytlar bir xil. Did bilan qilingan sayt esa mijozni ushlab qoladi.

  • 4ta modul

    Shakllar, Animatsiyalar, Yigʻish va Taqdim qilish. Har bir qadamda oʻz loyihangiz ustida ishlaysiz.

  • 15ta dars

    Eng zoʻr harakat ham telefonda qotsa, foydasi yoʻq. Kursda sahifangiz telefonda ham silliq ishlashini tekshirishni oʻrganasiz.

  • 3haqiqiy loyiha

    Haqiqiy bizneslar uchun uchta sayt yigʻasiz, oxirida esa oʻz nomingiz bilan ishlaydigan saytingiz boʻladi.

Kursdan keyin qoʻlingizda nima boʻladi

  • Oʻz domeningizda ishlaydigan, odamni zeriktirmaydigan, did bilan qilingan toʻliq sayt.

  • Claude Code bilan toʻgʻri ishlash koʻnikmasi: rasmli namunalar berish, uslubni aniq tushuntirish va oʻzgarishlarni talab qilish.

  • Boshqa loyihalaringizga ham bemalol koʻchirib oʻtkazsa boʻladigan sakkiz xil tayyor animatsiya toʻplami.

  • Mijozlar soʻrovini toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramingizga yuboradigan zamonaviy aloqa formasi.

  • Oʻzingizga yoqqan saytdan andoza olib, uni shaxsiy brendingizga moslab qayta yigʻilgan loyiha.

Kimga toʻgʻri keladi?

Terminal yoki kod yozishdan qoʻrqmang, bu ishlarni AI bajaradi. Biznes egasi, dizayner yoki boshlovchi boʻlsangiz ham, birinchi sahifangizni shu haftadayoq internetda koʻrasiz.

Bu kurs aynan siz uchun, agar:

  1. Biznesingiz faqat Instagram orqali ishlayapti, agentliklar esa sayt uchun juda katta pul soʻrayapti.

  2. Figmaʼda zoʻr dizayn qilasiz, lekin dasturchilar uni umuman boshqacha qilib yasab beradi.

  3. Front-end qilasiz, lekin ishlaringiz juda oddiy va jonsiz. Animatsiyaga endi qiziqib qoldingiz.

  4. Odamlar maʼlumot qoldiradigan va u toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga keladigan sahifa yasamoqchisiz.

  5. Ishlash uchun macOS yoki Windows tizimidagi oddiy kompyuteringiz bor.

Vaqtingizni ketkizmang, agar:

  1. Tayyor shablonlarga matn joylab qoʻyish sizga yetarli boʻlsa. Biz bu yerda hamma narsani noldan quramiz.

  2. Sizga murakkab 3D modellar yoki oʻyin grafikasi kerak boʻlsa. Biz faqat yengil 3D harakatlar bilan ishlaymiz.

  3. Amaliyot qilmasdan, faqatgina videodarslarni tomosha qilib yotishni yaxshi koʻrsangiz.

S.A.Y.T. tekshiruvi: 15 qadam

Saytingizni ommaga koʻrsatishdan oldin shu 15 savolga javob bering. Ular uch qismga boʻlingan: Shakl, Animatsiya, Yigʻish va taqdim. Har biriga bor yoki yoʻq deb belgilaysiz. Qizil javoblar qancha koʻp boʻlsa, kurs sizga shunchalik yordam beradi.

Kursni tugatgach, natijangiz mana shunday koʻrinadi: barchasi yashil. Batafsil oʻqish uchun tekshiruv ustiga bosing.

Taqdim qilish qoidasi: 1 dan 12 gacha boʻlgan bandlar yashil boʻlmaguncha, saytni birovga koʻrsatmang. 13 dan 15 gacha boʻlganlari esa saytingiz orqali mijozlarni qabul qila boshlagan kuningizdan eʼtiboran majburiydir.

Shakl

5 / 5
  • 01
  • 02
  • 03
  • 04
  • 05

Animatsiya

5 / 5
  • 06
  • 07
  • 08
  • 09
  • 10

Yigʻish va taqdim

5 / 5
  • 11
  • 12
  • 13
  • 14
  • 15
Bizning maqsad15 / 15
Aliakbar Anvarov

AI Engineer, HEAD

Aliakbar Anvarov

HEAD kompaniyasida AI engineer boʻlib ishlayman. Oʻzimni «sunʼiy intellekt gurusi» deb bilmayman. Hamma dasturchilar kabi AIʼdan kunlik foydalanib kelaman.

Lekin haqiqiy proektlarda va kunlik AIʼdan foydalanish jarayonidagi tajribamni siz bilan boʻlishaman va AI orqali dizayn uslubini oʻrganamiz. Product Design boʻyicha ishlash bilimim hamda dasturlashda yigʻgan bilimlarimni qoʻshib shu kursni yozishga qaror qildim.

2 xil tanlov: oʻzingiz tanlang!

Har ikkala tarifda ham toʻrtta modul, barcha darslar va har bir amaliyot materiali mavjud. Premium tarifda esa kengaytirilgan materiallar, modul testlari, yopiq Telegram guruhi, mentor bilan jonli efirlarda qatnashish imkoniyati va pulni qaytarish kafolati bor.

Standard

2 497 000soʻm

  • VideodarslarToʻrtta modulning barcha darslari. 6 oy kirish.
  • Amaliy ishlarHar bir modul yakunida alohida loyiha qilasiz: oʻrgangan narsalaringizni oʻz saytingizda sinab koʻrasiz.
  • Har bir amaliyot materialiHar bir amaliy ish uchun kerakli fayllar va materiallar.
  • HEAD sertifikatiKursni toʻliq tugatganingizdan soʻng topshiriladi.
  • Premium tarifida ochiladi
  • Video darslar umrbodDarslarga 6 oy emas, muddatsiz kirasiz.
    Premium tarifida
  • Kengaytirilgan materiallarHar bir dars uchun konspekt, kengaytirilgan lugʻat, playbook va promptlar toʻplami.
    Premium tarifida
  • Modul testlariHar bir modul yakunida bilimingizni tekshiradigan test.
    Premium tarifida
  • Yopiq Telegram jamoasiOʻz natijalaringizni baham koʻrasiz, savol berasiz va boshqalar bilan fikr almashasiz.
    Premium tarifida
  • Jonli efirlar imkoniyatiMentor bilan jonli onlayn uchrashuvlarda qatnashish imkoniyati.
    Premium tarifida
  • Pulni qaytarishHEAD Academy ofertasi shartlari boʻyicha.
    Premium tarifida

Premium

tavsiya qilamiz

2 997 000soʻm

  • VideodarslarToʻrtta modulning barcha darslari. Ularga kirish huquqi umrbod qoladi.
  • Amaliy ishlarHar bir modul yakunida alohida loyiha qilasiz: oʻrgangan narsalaringizni oʻz saytingizda sinab koʻrasiz.
  • Har bir amaliyot materialiHar bir amaliy ish uchun kerakli fayllar va materiallar.
  • HEAD sertifikatiKursni toʻliq tugatganingizdan soʻng topshiriladi.
  • Premium qoʻshimchalari
  • Video darslar umrbodDarslarga 6 oy emas, muddatsiz kirasiz.
  • Kengaytirilgan materiallarHar bir dars uchun konspekt, kengaytirilgan lugʻat, playbook va promptlar toʻplami.
  • Modul testlariHar bir modul yakunida bilimingizni tekshiradigan test.
  • Yopiq Telegram jamoasiOʻz natijalaringizni baham koʻrasiz, savol berasiz va boshqalar bilan fikr almashasiz.
  • Jonli efirlar imkoniyatiMentor bilan jonli onlayn uchrashuvlarda qatnashish imkoniyati.
  • Pulni qaytarishHEAD Academy ofertasi shartlari boʻyicha.

500 000 soʻm farq nima beradi? Darslarga umrbod kirish, kengaytirilgan materiallar, modul testlari, yopiq Telegram guruhi, mentor bilan jonli efirlarda qatnashish imkoniyati va pulni qaytarish.

Hali ikkilanyapsizmi? Savolingizni qoldiring.

Ismingiz, raqamingiz va savolingizni qoldiring. Oʻzimiz bogʻlanib, qaysi tarif mosligini aytamiz.

Koʻp beriladigan savollar

01Claude Code bilan faqat oddiy sayt qilganman. Yetarlimi?

Ha. Shart bitta: Claude Codeʼni ochib, kamida bitta loyiha qilgan boʻlishingiz. Kod yozish talab qilinmaydi, kodni yana Claude Code yozadi. 1-modulda Claude Codeʼni oʻrnatib, oʻzingizga moslash boʻyicha alohida dars bor.

02Front-endʼni oʻzim yozaman. Bu kurs menga nima beradi?

Kod yozishni emas, did va tezlikni. Asosiy qism: skroll animatsiyalar, ScrollTrigger, media bilan ishlash va dizayndan sayt yigʻish, hammasi Claude Code orqali. Natija: qoʻlda bir hafta ketadigan sahifa bir kunda, agentlik darajasida.

03Qanaqa noutbuk va obuna kerak?

Claude Code ishlab turgan noutbukingiz yetarli: macOS yoki Windows, kuchli videokarta shart emas. Obunadan boshlash uchun Claude Pro yetadi, lekin koʻp ishlasangiz Max tarifi qulayroq. GSAP va Next.js bepul, Vercel va Figmaʼning bepul tariflari kurs uchun yetarli.

04S.A.Y.T. degani oʻzi nima?

Shakl, Animatsiya, Yigʻish, Taqdim. Bu kursdagi asosiy toʻrt qadam: avval saytning koʻrinishi, keyin harakatga kelishi, qismlarni yigʻish va ommaga taqdim qilish. Har bir qadam bitta modul.

05Qaysi dasturlardan foydalanamiz?

Eng asosiysi Claude Code. Harakatlar uchun GSAP va ScrollTrigger, sahifa uchun Next.js, internetga yuklash uchun Vercel va dizayn uchun Figma ishlatiladi.

06Kurs qancha vaqt davom etadi?

Kurs 4 modul va 15 darsdan iborat. Oʻz tempingizda oʻtasiz, haftasiga 2-4 soat ajratish yetarli. Eng birinchi sahifangizni birinchi haftadayoq internetga chiqaramiz.

07Darslarni oʻtkazib yuborsam nima boʻladi?

Barcha darslar yozib olingan: Standardʼda 6 oy, Premiumʼda umrbod ochiq. Jonli efir boʻlsa, uning yozuvi ham Telegram guruhiga joylanadi.

08Boshqalarning saytini shunchaki koʻchiramizmi?

Yoʻq. Kursda sizga yoqqan saytni tahlil qilib, uning gʻoyasini oʻz brendingizga moslashtirib qayta qurasiz.

09Toʻlovni qanday qilsam boʻladi?

Payme, Click yoki Atmos ilovalari orqali. Karta maʼlumotlarini faqat toʻlov tizimiga kiritasiz, bizda saqlanmaydi. Toʻlov oʻtishi bilan darslar darhol ochiladi.

10Pulimni qaytarib olishim mumkinmi?

Ha, Premium tarifda. Oqim boshlanmasidan oldin soʻrasangiz, toʻliq qaytariladi. Keyin esa ochilgan modullar hisobidan chegirib qaytariladi. Standard tarifda pul qaytarilmaydi. Hamma shartlar ommaviy ofertada yozilgan.

2 497 000 soʻmdan